16:11 / 03.02.2025
57 197

Diyora Keldiryorovaning Uto Abe ustidan qozongan gʻalabasi "Yil voqeligi" deb topildi UzNur.uz

Diyora Keldiryorovaning Uto Abe ustidan qozongan gʻalabasi "Yil voqeligi" deb topildi

 

 

Xalqaro dzyudo federatsiyasi Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) 2024-yilning eng yaxshilarini e’lon qildi, deya xabar bermoqda Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati.


Unga koʻra, dzyudo boʻyicha Parij “Katta dubulgʻa” turniri doirasida oʻtgan tadbirda Olimpiya oʻyinlari chempioni Diyora Keldiyorovaning Olimpiadada yaponiyalik Uta Abe ustidan qozongan gʻalabasi “Yil voqeligi” nominatsiyasida gʻolib deb topildi. Bundan tashqari, ushbu musobaqaning aralash jamoaviy final janglari va mongoliyalik dzyudochining Olimpiada chempionligigacha bosib oʻtgan yoʻli ham mazkur nominatsiya nomzodi sifatida koʻrilgandi.


Shuningdek, Marko Shpittka “Ayollar terma jamoalarining eng yaxshi murabbiyi” nominatsiyasida tengsiz boʻldi.


 


dzyudo, Diyora Keldiyorova, "Yil voqeligi"
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing