09:19 / 11.09.2025
17 390

Larri Ellison Ilon Maskni ortda qoldirdi

 


 Oracle kompaniyasi asoschisi Larri Ellison Bloomberg milliarderlari reytingida Ilon Maskni ortda qoldirib, dunyoning eng boy odami sifatida birinchi o‘ringa chiqdi. Ellison boyligi 393 mlrd dollarga yetgan, Maskniki esa 385 mlrd dollarni tashkil etmoqda.


 Ellison kapitali atigi bir kunda 101 mlrd dollarga oshdi — bu Bloomberg reytingi tarixidagi eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi. U iyul oyidan buyon Mark Sukerbergni ortda qoldirib, ikkinchi pog‘onada edi.


 Ilon Mask esa qariyb bir yil davomida ro‘yxatning cho‘qqisida turgan. U 2021-yilda ilk bor dunyodagi eng boy odamga aylangan, biroq keyinchalik Jeff Bezos va Bernar Arnoga o‘rin bo‘shatgan. Hozirda Bezos 4-o‘rinda, Arno esa 8-o‘rinda qayd etilgan.


Forbes ham Ellison boyligining keskin oshganini tasdiqlab, qo‘shimcha 102 mlrd dollar yoki umumiy kapitalining 35 foizga ko‘payganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Forbes reytingida Ilon Mask hanuz yetakchi bo‘lib turibdi — uning boyligi 437 mlrd dollar deb baholangan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing