15:50 / 08.09.2025
24 126

Mirziyoyev Tojikiston xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi


 



O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston rahbari Emomali Rahmonni va butun tojik xalqini mamlakatning milliy bayrami — Mustaqillik kuni bilan samimiy tabrikladi. Tabrikda Tojikiston mustaqillik yillarida Rahmon boshchiligida amalga oshirilgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, mamlakatning tez sur’atlarda rivojlanishi hamda xalqaro nufuzining ortgani alohida e’tirof etildi. Mirziyoyev O‘zbekiston Tojikistonning erishayotgan yutuqlaridan chin dildan mamnun ekanini bildirdi va ikki xalq o‘rtasidagi asriy do‘stlik hamda birodarlik rishtalari bundan buyon ham mustahkamlanishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, u Emomali Rahmonga sog‘liq, oilaviy farovonlik va davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Mazkur tabrik O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing