14:31 / 13.08.2025
823

Ronaldino O‘zbekistonga kelishi mumkin

 
26-avgust kuni Toshkentdagi “Humo Arena”da futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi bahsi bo‘lib o‘tadi. Unda o‘tgan mavsum chempionat va Kubok g‘olibi BMB hamda chempionatda ikkinchi o‘rinni olgan va Kubok finalida ishtirok etgan “Oil Star” jamoalari kuch sinashadi.

Musobaqaga dunyo futbolining afsonalari tashrif buyurishi kutilmoqda. Ular orasida Ronaldino va Luis Figu kabi mashhur futbolchilar bor.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing