16:57 / 29.08.2025
40 764

Temur Kapadze O‘zbekiston terma jamoasi atrofidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi

 


CAFA Nations Cup doirasida O‘monga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Temur Kapadze jamoaning tayyorgarligi va murabbiylik masalalari haqida fikr bildirdi. Unga ko‘ra, rasmiy qaror hali e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, asosiy maqsad — O‘zbekistonning yaxshi natija ko‘rsatishi. “Jamoani kim boshqarishidan qat’i nazar, biz milliy terma jamoaga muxlislik qilamiz”, — dedi Kapadze.


U rahbariyat tajribali va jahon chempionatida ishlagan mutaxassisni jalb qilish niyatida ekanini ham aytib, qanday qaror qabul qilinsa ham qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.


Kapadze milliy jamoani tarixda ilk bor jahon chempionatiga olib chiqqanidan faxrlanishini aytib, “34 yillik orzu amalga oshdi, futbol rivoji uchun sharoitlar yaratilmoqda, natijalarimiz bundan ham yaxshilanadi”, — deya qo‘shimcha qildi.


Murabbiy kelajakda ham futbolchilar bilan birgalikda o‘z ustida ishlashni davom ettirib, milliy jamoaning yuqori natijalarga erishishiga intilishini bildirdi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing