Oʻqishga kira olmagan abituriyentlarga qoʻshimcha imkoniyatlar beriladi
Oʻzbekistonda oliy taʼlimga kira olmagan abituriyentlar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar belgilandi. Endilikda 56,7 balldan yuqori natija koʻrsatib, talabalikka tavsiya etilmagan, shuningdek, tanlovning ikkinchi bosqichida yoʻnalish tanlamagan abituriyentlar vakant oʻrinlar boʻyicha tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Bundan tashqari, kirish imtihonlari natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibi joriy qilinadi. Respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmalari tasdiqlandi, Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun esa qoʻshimcha grant va kontrakt oʻrinlari ajratildi.
Prezident granti uchun ajratilgan kvotalarning taqsimoti hamda davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga tanlov natijalari tasdiqlandi.




