08:24 / 15.09.2025
6 303

Talabalar yotoqxonasi bo‘yicha rasmiy izoh

 


 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yotoqxonaga joylashtirishdagi muammolarga munosabat bildirdi.


 Arizalar maxsus reglament asosida ko‘rib chiqilmoqda, ustuvorlik ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga beriladi. 2025-yil 12-sentyabr holatiga ko‘ra, 63 804 nafar 1-bosqich talabadan 40 265 nafari avtomatik yo‘llanma olgan, 21 767 nafari esa navbatda turibdi (15 796 nafari kunduzgi, 5 450 nafari OTM hududida yashovchi).


 “Jarayonda” statusi rad etishni anglatmaydi, balki bo‘sh o‘rinlar bo‘yicha avtomatik navbat shakllanganini bildiradi. Talabalarning murojaati bekor qilinmaydi, bo‘sh joy paydo bo‘lishi kutiladi.


 Shuningdek, oylik ijara to‘lovlarining bir qismi davlat tomonidan qoplab berilishi belgilangan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing