08:08 / 18.09.2025
1 305

Chortoq — Farg‘ona vodiysining yangi turizm markaziga aylanadi

 


 Prezident topshirig‘iga ko‘ra, Chortoq tumani Farg‘ona vodiysi uchun yil bo‘yi xizmat ko‘rsatadigan yirik turizm habiga aylantiriladi. Buning uchun infratuzilmani rivojlantirishga $50 million yo‘naltiriladi.


 Namanganga joriy yilning o‘zida 1,2 million xorijiy va 2 million mahalliy sayyoh tashrif buyurdi, turizm eksporti $200 milliondan oshdi. Prezident yangi loyihalar oqimni yanada ko‘paytirishini ta’kidladi.


 Chortoq suv ombori yaqinida mehmonxona, restoran va dam olish maskanlari, ko‘p yillik bog‘lar bilan uyg‘unlashgan sanatoriylar qurilishi rejalashtirilgan.


 Pop tumanidagi Arashan ko‘li atrofida esa 1 200 gektarlik hududda yiliga 1 million sayyoh qabul qilish imkoniyatiga ega yirik majmua barpo etiladi.


 Shuningdek, turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Namangan davlat universitetida Avstriyaning Krems universiteti bilan qo‘shma fakultet ochiladi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing