14:16 / 10.09.2025
20 254

UzAuto Motors sakkizta yangi modelni bozorga chiqaradi

 
“UzAuto Motors” AJ bosh direktori Yanosh Kovach ma’lum qilishicha, kompaniya sakkizta yangi model ustida ish olib bormoqda va ular tez orada taqdim etiladi. Ayniqsa, SUV segmentiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 550 ming avtomobilni tashkil etadi, shu yilning o‘zida 23 ming avtomobil eksport qilindi. Eksport bozorlariga Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Tojikiston bilan birga, yangi yo‘nalish sifatida Mo‘g‘uliston va Gruziya ham qo‘shilmoqda. Kompaniya xorijiy brendlar kirib kelayotgan bir vaqtda model qatorini yangilash va mijozlarga qulaylik yaratishga e’tibor qaratmoqda. Cobalt modeli yangilanmoqda, Xorazmda esa kichik tijorat avtomobili ishlab chiqilmoqda. Xaridorlar uchun imtiyozli kreditlash dasturi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bank foiz stavkalarining bir qismini kompaniya qoplaydi. Hozircha 5 ta bank dasturda ishtirok etmoqda, ammo ularning soni kengaytirilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda avtomobillarda 58% butlovchi qismlar mahalliy ishlab chiqarilmoqda, uch yil ichida bu ko‘rsatkichni 80% ga yetkazish ko‘zda tutilgan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing