13:07 / 11.09.2025
16 807

Rahbariyatga milliardlik ustamalar to‘langani ochildi

 


Standartlash instituti rahbariyati va ayrim xodimlariga 2024–2025 yillarda budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan katta miqdorda qo‘shimcha ustama pullar berilgani aniqlandi.


Hisobotlarga ko‘ra, faqat rahbariyatning o‘ziga — 10 nafar xodimga jami 3,1 mlrd so‘mdan ortiq mukofot puli to‘lab berilgan.


 Eng ko‘p ustama olganlardan biri — institut direktori vazifasini bajarib kelgan (sobiq) D.Qodirov. U 2024-yil noyabrdan 2025-yil martigacha bo‘lgan 5 oy davomida jami 468,6 mln so‘m daromad olgan, shundan 433,8 mln so‘mi mukofot sifatida hisoblangan.


Boshqa yirik ustama olganlar:

  • G.Gaziev (sobiq direktor) – 142,6 mln so‘m
  • A.Samijonov (direktor o‘rinbosari) – 482,9 mln so‘m
  • L.Davirov (direktor o‘rinbosari) – 412,8 mln so‘m
  • J.Umurzoqulov (bo‘lim boshlig‘i) – 293,3 mln so‘m
  • F.Ashurov (bo‘lim boshlig‘i) – 412,8 mln so‘m
  • J.Axmatov (bo‘lim boshlig‘i) – 471,1 mln so‘m
  • M.Mirzoidov (bo‘lim boshlig‘i) – 477,2 mln so‘m
  • N.Xudayxodjaeva (buxgalter) – 227,8 mln so‘m
  • N.Xusanbaev (direktor yordamchisi) – 199,2 mln so‘m


 Umumiy hisobda, institut xodimlariga budjetdan tashqari mablag‘lardan 3,7 mlrd so‘mdan ortiq ustama pullar berilgani qayd etilgan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing