10:40 / 09.12.2024
152 204

O‘zbekistonning o‘n nafar bokschisi Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi

 

O‘zbekistonning o‘n nafar bokschisi Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi.

Bugun erkaklar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida yarim final janglari yakunlandi.

Kun davomida O‘zbekistondan 11 nafar bokschi finalga chiqish uchun ringga chiqdi va faqatgina Jahongir Zokirov, afsuski, imkoniyatni boy berib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonning qolgan 10 nafar vakili finalga chiqdi.

Turnirda erkaklar ham, ayollar ham, terma jamoamiz ham o‘z yetakchiligini isbotlab, eng ko‘p final bosqichiga chiqdi. Bizdan keyin 9 nafar bokschisi finalga chiqqan Qozog‘iston terma jamoasi bormoqda.

Ayollar o'rtasida final janglari 10 dekabrda, erkaklar o'rtasida esa 11 dekabrda bo'lib o'tadi.

O‘zbekiston finalchilari:

Erkaklar:
- 48 kg: Shodiejon Meliqo'ziev
- 51 kg: Asilbek Jalilov
- 54 kg: Shahzod Muzafarov
- 57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov
- 63,5 kg: Adhamjon Muxiddinov
- 67 kg: Muzhibillo Tursonov
- 71 kg: Xavasbek Asadullaev
- 75 kg: Javohir Umataliyev
- 80 kg: To'rabek Habibullaev
- 86 kg: Jasurbek Yo'ldoshev

Ayollar:
- 48 kg: Farzona Fozilova
- 52 kg: Feruza Kazakova
- 54 kg: Aziza Yoqubova
- 57 kg: Nigina O'ktamova
- 66 kg: Navbahor Hamidova
- 75 kg: Aziza Zokirova
- +81 kg: Oltina Sotimboeva


O'zbekiston, xabarlar, 2024, 2024 yil, yangiliklar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing