Prezident qaroriga muvofiq, poytaxtda ToshTech texnika universiteti tashkil etiladi. Oliy ta’lim muassasasi akademik, moliyaviy hamda tashkiliy-boshqaruv sohalarida mustaqil faoliyat yuritadi.
Bosqichma-bosqich ta’lim joriy etiladi:
- 2025/2026 o‘quv yilidan — 1 yillik tayyorlov kurslari (davlat byudjeti hisobidan);
- 2026/2027 o‘quv yilidan — bakalavriat dasturlari;
- 2027/2028 o‘quv yilidan — magistratura va oliy ta’limdan keyingi bosqichlar.
Muhim jihatlar:
- Darslar davlat va xorijiy tillarda olib boriladi.
- O‘qitish davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
- 2029/2030 o‘quv yiliga qadar qabul qilinadigan barcha talabalar to‘liq davlat granti asosida tahsil olish imkoniga ega bo‘ladi.
Yangi universitetning ochilishi texnika yo‘nalishlarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonini tezlashtirishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Aholini talab yuqori kasblarga o'qitish va daromadli ish bilan ta'minlash vazifalari muhokama qilindi

O‘zbekistonda yangi oydan nimalar o‘zgaradi?

Yangi O‘zbekiston universitetida tibbiyot fakulteti, klinika va tadqiqot markazi ochiladi

Cyber University davlat universiteti bu yildan o`z faoliyatini boshlaydi

Xalqaro kurash instituti faoliyatini moliyalashtirish 2026-yildan respublika byudjetiga o‘tkaziladi