08:58 / 12.09.2025
14 281

Marokash O‘zbekistonga o‘rtoqlik o‘yini taklif qildi

 


 Morocco World News nashriga ko‘ra, Marokash terma jamoasi oktyabr oyida O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish bo‘yicha taklif bilan chiqqan.


Uchrashuv Marokashning Tanjer shahridagi yaqinda rekonstruksiya qilingan “Ibn Battuta” stadionida bo‘lishi mumkin. Stadion ochilish marosimiga O‘zbekiston milliy jamoasi taklif etilgan. Muzokaralar yakuniy bosqichga kirgan, biroq O‘zbekiston tomonidan hali rasmiy tasdiq yo‘q.


O‘yin 6–14-oktyabr kunlari, FIFA xalqaro oynasida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Dastlab, Marokash stadion ochilishi uchun Eritreya bilan kelishuvga erishgan, ammo o‘yin bekor qilingan. Shundan so‘ng raqib sifatida O‘zbekiston tanlangan.

O‘zbekiston milliy jamoasi 13-oktyabr kuni Malayziyada Urugvayga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing