09:12 / 09.09.2025
22 921

Mirziyoyev FIFA prezidentini “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

 


 8-sentabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantinoni qabul qildi.


Uchrashuvda Infantino O‘zbekiston rahbariyati va xalqini milliy terma jamoaning 2026-yilgi Jahon chempionati final bosqichiga chiqishi bilan tabrikladi.


Muloqot chog‘ida FIFA ko‘magida barpo etilgan Milliy futbol markazi va innovatsion raqamli kuzatuv markazi, shuningdek, O‘zbekistonda o‘tkazilgan futzal bo‘yicha jahon chempionati yutuq sifatida qayd etildi.


Shuningdek, tomonlar Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun FIFAning mintaqaviy ofisini ochishga kelishib oldilar.


 Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni o‘zbek futbolini rivojlantirish va uni jahon miqyosida targ‘ib etishga qo‘shgan hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing