13:58 / 06.01.2025
104 951

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun Avstriyaga joʻnab ketdi

 

Dzyudo boʻyicha  Oʻzbekiston terma jamoasi oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun Avstriyaga joʻnab ketdi.

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ham bugun yilning ilk oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashish uchun Avstriyaga joʻnab ketdi. Mitterzill shahrida tashkil etiladigan ushbu yigʻinda 50 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyuradigan sportchilar oʻzaro tajriba almashishadi.

Rejaga koʻra, hamyurtlarimiz 16-yanvarga qadar Avstriya yigʻinida boʻlishadi. Mazkur safarga Diyora Keldiyorova, Muzaffarbek Toʻraboyev, Alisher Yusupov kabi Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari qahramonlaridan tashqari terma jamoadan chaqiriq olgan 10 nafardan ortiq yosh sportchi jalb etilgan.


terma, Dzyudo, boʻyicha, Oʻzbekiston, jamoasi, uchun, Avstriyaga, joʻnab, ketdi, yigʻinida, ortiq, oʻquv, mashgʻulotlarini, oʻtkazish, bugun, yilning, oʻquvmashgʻulot, qatnashish, Mitterzill
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing