Parijda bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda yilning eng yaxshi futbolchilari va klublari aniqlandi. Asosiy mukofot — “Oltin to‘p” Usmon Dembelega topshirildi. Ikkinchi o‘rinni Lamin Yamal, uchinchi o‘rinni esa Vitinya egalladi.
Erkaklar futbolida eng yaxshi murabbiy Luis Enrike deb topildi, PSJ esa yilning eng yaxshi klubi sifatida e’tirof etildi. Eng yaxshi darvozabon mukofotini Janluiji Donnarumma qo‘lga kiritdi. Viktor Dyokeresh eng yaxshi to‘purar, Lamin Yamal esa eng yaxshi yosh futbolchi deb tan olindi.
Ayollar futbolida “Oltin to‘p” Aitana Bonmatiga nasib etdi. Arsenal eng yaxshi klub sifatida tan olindi, yil murabbiyi unvoniga Sarina Vigman loyiq topildi. Viki Lopes eng yaxshi yosh futbolchi, Hanna Hempton esa eng yaxshi darvozabon bo‘ldi.




