10:26 / 23.09.2025
4 698

Denovda 15 yoshli qiz turmushga berilgani aniqlandi

 


 Surxondaryo viloyati Denov tumanida 15 yoshli qizning turmushga berilgani yuzasidan Ijtimoiy himoya agentligi tekshiruv o‘tkazib, rasmiy ma’lumot berdi. Holat Ozod mahallasida yashovchi fuqaro A.R. bilan bog‘liq ekani tasdiqlandi.


 Ma’lum bo‘lishicha, 2025-yil iyul oyida qizni turmushga berish harakati aniqlanib, mahalla yettiligi va ijtimoiy xodimlar tomonidan oilaga ogohlantirish berilgan. Shunga qaramay, 2025-yil 10-avgust kuni nikoh marosimi o‘tkazilgan.


Qonunchilikka muvofiq, nikoh yoshiga yetmagan shaxsni turmushga berish ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga 7 baravar (2,88 mln so‘m)dan 15 baravargacha (6,18 mln so‘m) jarima qo‘llashni nazarda tutadi. Mahalliy profilaktika inspektori tomonidan ma’muriy choralar ko‘rilgan, biroq aniq jarima miqdori ochiqlanmadi.


Hozirda voyaga yetmagan qiz Denov tumanidagi kasb-hunar maktabida ta’lim olmoqda, uning huquqlari va ta’lim jarayoni mutasaddilar nazoratiga olingan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing