20 yiillik muhabbat tarixiga ega mashxur juftlik 2 yil davom etgan nikohiga yakun yasadi
20 yiillik muhabbat tarixiga ega mashxur juftlik 2 yil davom etgan nikohiga yakun yasadi.
AQSH sudi xonanda Jennifer Lopes va aktyor Ben Afflekning ikki yil davom etgan nikohidan keyin ortiqcha sud ishlarisiz ajrimni rasmiylashtirdi. Bu haqda “Baazar” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jennifer Lopes va Ben Afflekning hech biri aliment to‘lamaydi va aktyor “Artists Equity” prodyuserlik kompaniyasidagi ulushini saqlab qoladi, Lopes esa o‘z loyihalarini amalga oshirishda davom etadi. Sobiq juftlik birgalikda xarid qilgan villa borasidagi kelishmovchiliklar ham bartaraf etilgan. Shuningdek, kelgusi oyda sud hay’ati ajrimni to‘liq ma’qullagach, Lopes Afflek familiyasidan rasman voz kechadi.
Ma’lum qilinishicha, juftlik 2023 yilda 60 million dollarga xarid qilgan hashamatli uy hozirda sotuvga qo‘yilgan.
Juftlikka yaqin bo‘lgan manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Ben Afflek va Jennifer Lopes to‘ydan oldin nikoh shartnomasi tuzmagan. Do‘stlarining so‘zlariga ko‘ra, aynan Jennifer Lopes nikoh shartnomasini tuzishda qat’iy turmagan. Bu uning to‘rtinchi nikohi bo‘lgani uchun Jennifer bu safar hammasi yaxshi bo‘lishiga ishongan. Ayniqsa, Afflek bilan 20 yildan beri tanish bo‘lganini inobatga olsak, bu vaqt davomida ular bir-birlarini yaxshi bilib olishga ulgurgan. Ammo nikohning birinchi yilidayoq xonanda bu qaroridan afsuslana boshlagan.
Ma’lumot uchun, juftlikning muhabbat tarixi 2002 yilga borib taqaladi, 2004 yilda Jennifer va Ben nikohdan o‘tishni rejalashtirgan, ammo Lopes to‘yni bir necha kun qolganda to‘xtatgan. Oradan qariyb yigirma yil o‘tib — 2021 yil iyul oyida Lopes va Afflek yana birga ekanini tasdiqlagan. 2022 yil 16 iyulda esa juftlik munosabatlarini rasman qonuniylashtirgan.
2024 yilning yozida Lopes Afflek bilan ajrashish uchun ariza bergan. Ariza sudga 20 avgust kuni taqdim etilgan. Xonanda ajrashganidan keyin ham sobiq eridan moddiy yordam olishdan bosh tortgan.
Lopes, Jennifer, Afflek, juftlik, davom, uchun, muhabbat, etgan, xonanda, aktyor, Afflekning, keyin, ajrimni, xarid, qilgan, etilgan, rasman, yilda, so‘zlariga




