10:45 / 13.12.2024
145 405

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi va “Lokomotiv” futbolchisi Lazizbek Mirzayev Ispaniyaning “Leganes” klubi bilan shartnoma imzoladi.

 
Futbolchi Lazizbek Mirzayev Ispaniyaning “Leganes” klubiga o‘tdi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi va Toshkentning “Lokomotiv” klubi futbolchisi Lazizbek Mirzayev Ispaniya chempionati eng yuqori divizionida bo‘lgan “Leganes” klubi bilan shartnoma imzoladi.
    
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi va “Lokomotiv” klubi futbolchisi Lazizbek Mirzayev Ispaniyaning “Leganes” klubiga o‘tdi. Bu haqda o‘zbek klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Sportchining “Lokomotiv” bilan amaldagi shartnomasi 2025-yilning 31-dekabriga qadar tuzilgan. Xabarda xorij klubi bilan shartnoma tafsilotlari keltirilmagan. Shuningdek, 18 yoshli yarim himoyachi “Leganes”ning asosiy jamoasida yoki yoshlar jamoasida o‘ynashi ham noma’lum.
Lazizbek Mirzayev 2023-yilgi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi sardori bo‘lgan edi. U 1/8 finalda Angliyaga qarshi o‘yinda (2:1) jarima zarbasidan gol urgan. Yoshlar terma jamoasi o‘sha turnirni chorak finalda Fransiyaga yutqazib, musobaqani yakunlagan.
17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so‘ng Mirzayev ko‘plab skautlar e’tiborini tortdi. Uning transfer qiymati bugungi kunda 350 ming yevroga baholanmoqda.
Iyun oyida futbolchi Chempionat.Asia nashriga bergan intervyusida turnirdan so‘ng unga “Leganes”dan qiziqish bildirilgani, keyinchalik klub bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan. Mirzayev ispan klubining asosiy tarkibidagi debyutini faqat oktabr oyida o‘kazishi mumkin. Amaldagi qoidalarga ko‘ra, klub rasman 18 yoshga to‘lgan futbolchini asosiy tarkibga qo‘shadi.
2024-yilgi O‘zbekiston chempionatida u 14 ta o‘yin, jumladan 8 tasini startda o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shu bilan birga, uch marta O‘zbekiston chempioni bo‘lgan Toshkent klubi mavsum yakunida Superligadan Pro-ligaga tushib ketgan.
“Leganes” — Madrid chekkasidagi xuddi shu nomdagi shaharning futbol klubi. U 1928-yilda tashkil etilgan. O‘tgan mavsumda klub La Liga (Ispaniya birinchi divizioni) yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan va hozirda u yerda 16 uchrashuvdan so‘ng 17-o‘rinni egallab turibdi (3 ta g‘alaba, 6 ta durang va 7 mag‘lubiyat).


O‘zbekiston, yoshlar, terma, jamoasi, Lokomotiv, futbolchisi, Lazizbek, Mirzayev
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing