15:03 / 23.09.2025
691 031
Toshkentda inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
Toshkent shahri va bir nechta viloyatlarda faoliyat yuritgan 12 kishilik jinoiy guruh qo‘lga olindi. Ular ijtimoiy tarmoqlar orqali buyrak va jigar kasalligidan aziyat chekayotgan bemorlarni topib, sog‘lom fuqarolarga katta pul evaziga organini sotishni taklif qilishgan.
Donorlarni qalbaki hujjatlar yordamida “qarindosh” sifatida ko‘rsatib, qo‘shni davlatlardagi xususiy klinikalarda jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilgan. 2023–2025-yillar davomida jami 32 nafar bemorga organ ko‘chirib o‘tkazilgani aniqlangan.
Mablag‘ning bir qismi klinika va donorlar hisobiga o‘tgan, qolganini esa guruh a’zolari o‘zaro taqsimlab olishgan. Ayrim bemorlarning sog‘ligi yomonlashgach, ularga qimmat dorilarni majburan sotish holatlari ham qayd etilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida nutq soʻzladi
Bugun, 25-dekabr Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumati Bosh vaziri Mustafo Cho’qayning tavallud topgan kuni
Firibgarlar o‘zlashtirgan 9,5 mlrd so‘m mablag‘lar bloklandi — Markaziy bank
Yog‘och uylarda yashovchi aholiga tekinga tayyor yangi xonadon taqdim etiladi
“Bu Markaziy Osiyodagi eng katta ekotizim bo‘ladi” — Ortiqxo‘jayev 6ta mehmonxona loyihasi haqida