11:14 / 01.10.2025
0
Rossiyada koloniyadan qochgan o‘zbekistonlik 10 yilga qamaldi
Rossiyaning Tambov viloyati sudi O‘zbekiston fuqarosiga hukm chiqardi. U 2024-yil oktyabrida yana besh mahbus bilan birga Lipetsk viloyatidagi 2-sonli jazoni ijro etish koloniyasidan qochib ketgandi.
Sud jarayonida aniqlanishicha, qochqin Tambov viloyatida qo‘lga olinayotganda politsiyaga faol qarshilik ko‘rsatgan, hatto bir xodimning o‘ng qo‘l suyagini sindirgan. Shu bois u Jinoyat kodeksining 318-moddasi 2-qismi bo‘yicha aybdor deb topildi.
Sud uning avvalgi hukmlarini ham inobatga olib, 10 yil qattiq tartibli koloniyada jazo o‘tashga hukm qildi.
Ma’lum qilinishicha, qochganlarning barchasi Markaziy Osiyoda tug‘ilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida ular yana qo‘lga olingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Bugun, 25-dekabr Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumati Bosh vaziri Mustafo Cho’qayning tavallud topgan kuni

Toshkentda 8-sentabrdan 9-oktyabrgacha bosqichma-bosqich sovuq ichimlik suvi o‘chirib qo‘yiladi

Toshkentda 3 yoshli bolani pichoqlab o‘ldirgan erkak 24 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili davlat mablag'larini talon-toroj qilishlikda ayblandi va 9 yilga qamaldi

O‘zbekistonda 500 ga yaqin mahbus afv etildi