O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vaziri maslahatchisi, davlat va jamoat arbobi Ismoil Hakimovich Jo‘rabekov uzoq yillik faoliyatidan so‘ng olamdan o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Jo‘rabekov 1931-yil 12-sentabr kuni Samarqand viloyatida tug‘ilgan.
Faoliyati davomida egallagan lavozimlari:
– Respublika melioratsiya va suv xo‘jaligi vaziri
– O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi o‘rinbosari
– Davlat agrosanoat qo‘mitasi raisi
– Fuqarolar muhofazasi ishlari bo‘yicha vazir
– Prezidentning ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi
– Mustaqillik yillarida qishloq va suv xo‘jaligi vaziri
– Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari
– Prezidentning qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi
Mukofotlari va unvonlari:
– “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator”
– “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi”
– “Mehnat shuhrati” ordeni
– “El-yurt hurmati” ordeni
– “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni
– “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni




