08:29 / 01.10.2025
0

Prezident ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

 


Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini kasb bayrami bilan samimiy qutlab, ularning ta’lim-tarbiya sohasidagi fidoyiligini yuksak qadrlashini ta’kidladi.


Davlat rahbari ta’limda “Yangi avlod” bog‘chalari barpo etilishi, zamonaviy texnikumlar faoliyatining kengaytirilishi, xalqaro dasturlar asosida yangi loyihalar yo‘lga qo‘yilishi, oliy ta’lim jarayonlarining takomillashtirilishi va professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatiga qo‘shimcha e’tibor qaratilishini qayd etdi.


Shuningdek, pedagoglar uchun imtiyozli kreditlar ajratish, kontrakt to‘lovlariga chegirmalar joriy etish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.


Prezident ustoz va murabbiylarning kelajak avlodni tarbiyalashdagi xizmatlarini alohida e’tirof etib, ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va yuksak muvaffaqiyatlar tiladi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing