12:52 / 29.09.2025
20

Toshkent viloyatida bolalar zaharlanishi bo‘yicha tergov boshlandi

 


24-sentabr kuni Piskent, Bo‘ka, Bekobod, Quyi Chirchiq va Oqqo‘rg‘on tumanlaridagi maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar orasida ovqatdan zaharlanish holatlari qayd etildi.


Viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi bir nechta autsorsing korxonalari mas’ullariga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Ish Bosh prokuratura nazoratiga olingan, maxsus ishchi guruh tuzilgan.


Zaharlangan bolalar to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda, og‘ir holatlar aniqlanmadi. Hozirda barcha davlat bog‘chalarida autsorsing asosida yetkazilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Tergov yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishi kutilmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing