"Maqom yo‘llarida yaratilgan eng yaxshi asar" VI Respublika tanlovi o‘tkazildi.
"Maqom yo‘llarida yaratilgan eng yaxshi asar" VI Respublika tanlovi o‘tkazildi.
Joriy yilning 13 dekabr kuni Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida "Maqom yo‘llarida yaratilgan eng yaxshi asar" VI Respublika tanlovining tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tanlovda O‘lmas Rasulovning "Muhammasi Nabiulloh" asari bosh sovrin 1 o‘ringa loyiq deb topildi. 2-o‘rin Ilyos Arabovning "Garduni Iroq" asari va G‘afur Eshchanovning "Topilmas" asariga nasib qildi. Uchinchi o‘rinni esa Baxodir Babajonovning "Savti Iroq" asari, shuningdek Nodir Vahobovning "Nasri Iroq" asari egalladi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi rahbariyati, maqom san’ati sohasi mutaxassislari va san’at ixlosmandlari ishtirok etdi. Tadbir davomida maqom ansambllarining jonli ijrolari hamda tanlov g‘oliblarining maxsus chiqishlari mehmonlarga taqdim etildi.
Ushbu tadbir maqom san’atini rivojlantirish yo‘lidagi yana bir muhim qadam bo‘lib, milliy musiqa merosimizning yangi avlodga yetkazilishida alohida ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon nafaqat ijrochilik san’atining yuksak saviyasini targ‘ib etish, balki yangi avlodda milliy musiqa va madaniyatga bo‘lgan qiziqish va hurmatni shakllantirishga xizmat qiladi.
maqom, yo'llarda, asar, VI, respublika, tanlov, 2024, 2024 yil, UZNUR




