09:39 / 02.08.2025
634

Abduqodir Husanov “Manchester Siti”da qoladi

 


 O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov kelgusi mavsumda ham “Manchester Siti” safida o‘ynashi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist Simon Baykovski o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

 Angliya klubi murabbiyi Pep Gvardiola boshchiligidagi jamoa rahbariyati 21 yoshli himoyachini ijaraga bermasdan, asosiy tarkibda ushlab qolmoqchi.


Abduqodir Husanov 2025-yil yanvar oyida Fransiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti”ga o‘tgan edi.


U yangi jamoasida hozirgacha 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.


Futbolchining “shaharliklar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing