Gvardiola Xusanovga ko'proq o'yin vaqtini bermoqchi
O‘zbekistonlik himoyachi hozirgacha “Siti” safida to‘rtta o‘yin o‘tkazdi.
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Xusanovga ko‘proq vaqt ajratmoqchi, deb yozadi Daily Star.
Nashrning qayd etishicha, joriy mavsum yakunida Kevin De Bryuyne, Bernardu Silva, Ilkay Gyundogan, Mateo Kovachich, Jon Stounz, Ederson va Jek Grealish klubni tark etishadi.
Gvardiola jamoaga yangi kelgan Niko Gonsales, Abduqodir Xusanov, Umar Marmus va Vitor Reisga ko'proq o'yin vaqtini berish niyatida.
Xusanov hozirgacha “Siti” safida to‘rtta o‘yin o‘tkazgan. U oxirgi marta Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob o'yinida "Real"ga qarshi o'yinda maydonga tushgan va bu uchrashuvda "shaharliklar" mag'lub bo'lgandi.
Gvardiola, Husanov, Manchester Siti




