O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Abduqodir Husanovning maydonga tushmayotgani haqida fikrini bildirdi.
“Husanov bilan yaqinda gaplashdim. Milliy jamoa o‘yinidan keyin Angliyaga qaytib borgach, darhol kubok o‘yinida asosiy tarkibda tushdi. Osiyo qit’asida ikkita o‘yin o‘tkazib Angliyaga borganda baribir vaqt va iqlim farqi tufayli biroz moslashish jarayoni kechadi.
“Bornmut”ga qarshi bahsning birinchi taymida nafaqat Husanov balki “Siti”ning deyarli barcha futbolchilari o‘ynay olishmadi. Abduqodir sariq kartochka olgani uchun Gvardiola uni almashtirdi. Bundan tashqari, o‘sha bahsda raqib hujumchisi bilan to‘qnashuvda oyog‘idan kichik jarohat olgan ekan.
Shu sabab keyingi bahsda uni qaydnomaga ham kiritishmadi. Davolanib olishga imkon berishibdi. Manchester derbisida esa zaxiraga kiritildi”, – dedi Kapadze.




