15:05 / 21.01.2025
79 552

Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”dagi futbolkalarining narxi qanday?

 

Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”dagi futbolkalarining narxi qanday?


“Manchester Siti” klubining rasmiy doʻkonida Abduqodir Husanovning ismi tushirilgan, 45-raqamli futbolkalar sotuvga chiqarildi. Turli dizayn va materiallardagi ushbu futbolkalar jamoa muxlislari uchun maxsus taqdim etilmoqda. Husanovning jamoaga qoʻshilishi muxlislarda katta qiziqish uygʻotgan boʻlib, uning liboslari muxlislar uchun qadrli sovgʻa boʻlishi shubhasiz.

Husanov ismi tushirilgan oddiy uy va mehmon liboslari 115 AQSH dollaridan 132 AQSH dollarigacha sotilmoqda. Shuningdek, “Manchester Siti”ning uchinchi libosi 95-120 AQSH dollari oraligʻida narxlangan. Musobaqalar yoki kundalik foydalanish uchun moʻljallangan bu liboslar yuqori sifatli materiallardan tayyorlangani bilan ajralib turadi. Qayd etish kerakki, agarda Husanovning formasiga maxsus sovgʻa ham qoʻshib olishni istagan muxlis 177 AQSH dollarining bahridan oʻtishiga toʻgʻri keladi.


 


Muxlislar uchun sovuq mavsumda kiyish uchun uzun yengli futbolkalar ham taqdim etilgan. Husanovning ismi tushirilgan ushbu liboslar 105-140 AQSH dollari narxida sotuvga qoʻyilgan boʻlib, qish mavsumi uchun ajoyib tanlov boʻlishi mumkin.

Bolalar va ayollar uchun moslashtirilgan liboslar ham doʻkonda mavjud. Bolalar futbolkalari 75 AQSH dollaridan boshlanlansa, ayollar uchun esa narx 95 AQSH dollaridan yuqori boʻladi. Bu maxsus kolleksiya barcha muxlislarga Husanovga boʻlgan hurmat va muhabbatni namoyon qilish imkonini beradi.


Husanov ismi va raqami tushirilgan futbolkalarni personalizatsiya qilib xarid qilish mumkin. Maxsus buyurtma orqali muxlislar oʻzlari uchun eksklyuziv futbolka tayyorlatish imkoniga ham egalar. Bu, ayniqsa, jamoa aʼzosi bilan bogʻliq tuygʻularni yanada yaqin his qilishga imkon beradi.

“Manchester Siti” doʻkonida jamoaning boshqa yulduzlari, jumladan Erling Holand (160-177 AQSH dollari), Kevin De Bryoyne (113-132 AQSH dollari) va Fil Foden (115-135 AQSH dollari) futbolkalari xaridorgir hisoblanadi.

Husanovning futbolkasini sotib olish uchun “Manchester Siti”ning rasmiy veb-saytiga kirib, “Shop” boʻlimiga oʻtish kerak. U yerda futbolkani tanlab, onlayn toʻlovni amalga oshirish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, kecha Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga qoʻshilgani rasman eʼlon qilindi. U Angliya Premyer-ligasida oʻynaydigan ilk oʻzbekistonlik futbolchi sifatida tarixga kirdi. Uning jamoadagi faoliyati muxlislarda katta qiziqish uygʻotmoqda.


Husanovning, “Manchester, tushirilgan, Abduqodir, futbolkalar, maxsus, dollaridan, liboslar, mumkin, dollari), Siti”, rasmiy, doʻkonida, sotuvga, ushbu, jamoa, taqdim, muxlislarda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing