12:43 / 04.07.2025
49 713

“Liverpul” yulduzi Diogu Jota avtohalokatda vafot etdi

 


 Angliyaning “Liverpul” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi, 28 yoshli Diogu Jota Ispaniyada ro‘y bergan avtohalokatda ukasi Andre bilan birga halok bo‘ldi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.


Fojia tafsilotlari:

– Avariya Ispaniyaning Samora provinsiyasi, Sanabriya tumani yaqinida yuz bergan.

– Futbolchilar ketayotgan mashina trassadan chiqib ketib, keyin yong‘in kelib chiqqan.

– Ikkala aka-uka voqea joyida vafot etgan.


 Diogu Jota haqida:

– Portugaliyaning “Gondomar” va “Pasush de Ferreyra” klublari tarbiyalanuvchisi

– “Atletiko Madrid”, “Portu”, “Vulverhempton” klublarida o‘ynagan

– 2020-yildan “Liverpul” a’zosi, u bilan:

– 2021/22-yilgi Angliya kubogi

– 2024/25-yilgi Premier liga chempionligini qo‘lga kiritgan


So‘nggi xotira:

– Diogu Jota 5 kun avval to‘y suratlarini o‘zining ijtimoiy tarmoqlariga joylagan edi.


Futbol jamoatchiligi bu fojia yuzasidan chuqur hamdardlik bildirmoqda. “Liverpul” klubi yaqin orada rasmiy bayonot berishi kutilmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing