14:17 / 10.02.2025
45 726

Ronaldu faoliyatini qayerda davom ettirishiga oydinlik kiritildi

 

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini qayerda davom ettirishiga aniqlik kiritildi.

“Arriyadiyah” nashrining xabar berishicha, Saudiya klubi futbolchi bilan shartnomani uzaytirishga kelishib olgan. Kelishuv 2026-yilgacha moʻljallangan boʻlib, shartnoma shartlari oʻzgarishsiz qolgan. Amaldagi shartnomaga koʻra, Ronaldu yiliga 200 million yevro olayotgan edi.

Futbolchining jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2024/25-yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Avvalroq OAV tomonlar shartnomani uzaytirishga kelishib olgani haqida xabar bergan edi. Yangi shartnoma shartlariga koʻra, Ronaldu klubning 5 foiz aksiyasi egasiga aylanadi.

Ronaldu faoliyatining asosiy qismini 2009-2018-yillar davomida Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasida oʻtkazgan. Klub bilan birga u ikki marta Ispaniya chempionligini qoʻlga kiritdi, ikki marta mamlakat kubogi sohibiga aylandi, shuningdek, toʻrt marta Chempionlar ligasida gʻolib chiqdi.

2023-yilning yanvarida Ronaldu “Al-Nasr” jamoasi hujumchisiga aylangandi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing