16:39 / 24.06.2025
66 287

Eldor Shomurodov transfer arafasida: Yevropaning bir nechta klubi o‘zbekistonlik hujumchiga da’vogarlik qilmoqda

 


O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning faoliyati atrofida yana transfer mish-mishlari avj olmoqda. Rimning “Roma” klubi bilan shartnomasi saqlanib qolayotganiga qaramay, 29 yoshli futbolchi Yevropa klublarining e’tibor markazida qolmoqda.


Roma Press nashrining xabar berishicha, Shomurodov 2025-yil 30-iyungacha yangi klubga o‘tishi mumkin.


 Transferga da’vogarlar:


  • Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi;
  • Italiyaning “Kremoneze” jamoasi;
  • Fransiyaning bir nechta klublari, jumladan, “Renn”.



Ma’lumotlarga ko‘ra, “Renn” klubi allaqachon “Roma”ga rasmiy so‘rov yuborgan, shuningdek, futbolchining hozirda Istanbulda ekani haqidagi ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.


 O‘tgan mavsum statistikasi:

Shomurodov Italiya A Seriyasida taniqli murabbiy Klaudio Raneri qo‘l ostida harakat qilib, o‘zining samaradorligini yana bir bor isbotladi:


  • 7 ta gol;
  • 5 ta golli uzatma.



 Yozgi transfer oynasining yakuniga oz vaqt qolayotgan bir paytda, Eldorning qaysi klub safida faoliyatini davom ettirishi futbol jamoatchiligi orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing