16:45 / 10.04.2025
30 929
Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov “Roma” klubi bilan yangi shartnoma imzoladi
Calciomercato nashri xabariga koʻra, futbolchi Rim klubi bilan amaldagi shartnomasini yana bir yilga uzaytirishga kelishib olgan.
Shomurodov, shuningdek, Rimda qolish uchun oʻzining maoshi kamayishiga rozi boʻlgan. Biroq yangi shartnoma asosida uning maoshi haqida aniq ma’lumotlar oshkor etilmagan.
Joriy mavsumda “Roma” safida 30 ta oʻyinda maydonga tushgan E. Shomurodov 6 gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarktʼdagi qiymati 4 million yevroga baholangan. Shomurodovning amaldagi shartnomasi 2026-yil yozigacha moʻljallangan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi va “Lokomotiv” futbolchisi Lazizbek Mirzayev Ispaniyaning “Leganes” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Ronaldu faoliyatini qayerda davom ettirishiga oydinlik kiritildi

JCH-2026 hal qiluvchi saralash bosqichi: Oʻzbekiston Qirgʻizistonni magʻlub etib, muhim uch ochkoni qoʻlga kiritdi

Amerikada Ronalduga haykal o`rnatildi

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu o`z faoliyatini yakunlashi mumkin