Taroveh namozlari sabab bugundan Toshkentning ayrim ko‘chalari yopiladi
Toshkent shahrida ramazon oyi kechalaridagi tarovih namozi munosabati bilan 28-fevraldan boshlab har kuni soat 18:00 dan 24:00 gacha masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun cheklanadi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Qaysi tumanlarda yo‘l harakati cheklanmoqda?
Tepa masjidi — Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Bektemir tumani bo‘yicha:
Alibek masjidi — M.Avezov ko‘chasidan X.Boyqaro ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Yashnobod tumani bo‘yicha:
Islom ota masjidi — Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar harakat cheklanadi.
Ali ibn Abu Tolib masjidi — Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Mirobod tumani bo‘yicha:
Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi — Yangi-Qo‘yliq—Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan 5-tor Fayziobod ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Qo‘yliq ota masjidi — TXAY-Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Sergeli tumani bo‘yicha:
Ma’ruf ota masjidi — Choshtepa ko‘chasidan 1-tor Choshtepa ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi - Yangi Sergeli–S.Xo‘janov ko‘chalari kesishmasidan- S.Xo‘janov Mohidil ko‘chalari kesishmasigacha qadar harakat cheklanadi.
Yakkasaroy tumani bo‘yicha:
Usmon bin Ma’zum masjidi — KXAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY-Qushbegi chorraxasigacha qadar harakat cheklanadi.
Yakkasaroy masjidi — Sh.Rustaveli-Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy-Bog‘u bo‘ston chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
Rakat masjidi — J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Yangihayot tumani bo‘yicha:
Niyozmat ota masjidi — TXAY-Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga kirish qadar harakat cheklanadi.
Shayxontohur tumani bo‘yicha:
Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi — Ko‘kcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza Beshqayrag‘och chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
Kamolon masjidi — Bunyodkor-Kamolon chorrahasidan Kamolon-2-tor Ustazoda chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
Olmazor tumani bo‘yicha:
Hazrati imom masjidi — Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy-A.Qodiriy chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
Islomobod masjidi — KXAY-Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon-Sag‘bon chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
Do‘stjonboy (Sulola) masjidi — Sag‘bon-12-tor Sag‘bon chorrahasidan Keles yo‘li-Noraztepa chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
Yunusobod tumani bo‘yicha:
Mirza Yusuf masjidi — Bog‘ishamol ko‘chasida Shivli ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Uchtepa tumani bo‘yicha:
Abdulloh ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi — Katta Qani aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa ko‘chasi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
Xazrati Ali masjidi — Nazarbek-Mahorat chorrahasidan Nazarbek-1-tor Zamaxshari ko‘chasigacha qadar harakat cheklanadi.
Chilonzor tumani bo‘yicha:
Novza masjidi — Bunyodkor-Muqumiy ko‘prigi tagidan 2-darajali yo‘l, Bunyodkor-Kamolon ko‘prigiga qadar harakat cheklanadi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi — Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi. Ubay ibn Kaab (Bo‘rijar) masjidi — Al-Xorazmiy-Katta Xirmontepa chorrahasidan, Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab, Al-Xorazmiy-Katta Qani chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.
Ushbu ko‘chalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ramazon oyi 1-mart, shanba kuni boshlanadi.




