Yarim marafonda jami 27 ming kishi ishtirok etgan, 50 nafar sportchiga tibbiy yordam ko‘rsatilishiga to‘g‘ri keldi.
6 aprel kuni Madridda o‘tkazilgan yarim marafonda qatnashgan ikki erkak yurak muammolari sababli vafot etdi. Bu haqda Eldiario.es хабар bermoqda.
Marhumlardan biri 35 yoshda edi. U marraga 500 metr qolganda yurak xurujiga uchragan. Erkak shifoxonaga yetkazilgan bo‘lsa-da, shifokorlar uning hayotini saqlab qololmagan.
Ikkinchi marhum 20 yoshda bo‘lib, u ham tezlik bilan shifoxonaga olib kelingan, ammo o‘sha yerda jon bergan.
Yarim marafonda jami 27 ming kishi ishtirok etgan, 50 nafar sportchiga tibbiy yordam ko‘rsatilishiga to‘g‘ri keldi.
Madrid yarim marafoni 24 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. 2010 yilda 31 yoshli sportchi poyga marrasini kesib o‘tgach, hushidan ketib vafot etgan. 2005 yilda esa madridlik 24 yoshli yigit poygada ishtirok etayotganda to‘satdan vafot etgan.




