16:12 / 01.04.2025
45 880

Toshkentda ayrim hududlarda issiq suv vaqtincha uziladi 

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi 2025-yil aprel oyida poytaxtdagi mahalliy qozonxonalarda rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib boradi.


Shu sababli, Bektemir, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Sergeli, Uchtepa, Chilonzor, Shayxontohur, Yangi Hayot va Yashnobod tumanlarining ayrim mahallalarida 2-apreldan 2-maygacha bo‘lgan davrda bosqichma-bosqich issiqlik ta’minoti vaqtincha uziladi.
 

Uskunalarni ta’mirlash va modernizatsiya qilish, eskirgan qismlarni almashtirish hamda nasoslarni tekshirishni kabi bir qator ishlar amalga oshirilishi yoz mavsumida issiqlik ta’minoti barqaror ta’minlanishiga xizmat qiladi.


Shu sababli, quyidagi manzillarda joylashgan ayrim turar-joy binolari va muassasalarda vaqtincha issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi:


📍Bektemir tumani

▪️7–11 aprel – “Suvsoz” massivi

▪️14–18 aprel – X.Boyqaro, B.Nozim, Y.Chirchiq ko‘chalari (ayrim uylar va muassasalar)

▪️28–30 aprel – Oltintopgan mahallasi, №56–60, 19A, 19B turar-joy binolari


📍Mirobod tumani

▪️7–10 aprel – Bextereva-Sarakul ko‘chalari, №1–8  turar-joy binolari va ayrim muassasalar

▪️28–30 aprel – Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, №2–8 turar-joy binolari


📍Mirzo Ulug‘bek tumani

▪️2–4 aprel — TTZ-2 mavzesi, 30a, 31a, 32a, 35a turar-joy binolari, Belonojko ko‘chasi, 30 turar-joy binosi

▪️7–11 aprel — Yugnakiy mavzesi, 7–13, 10a, 10b turar-joy binolari va ayrim muassasalar

▪️14–18 aprel — Yugnakiy mavzesi, 14–18, 46–52 turar-joy binolari, Qorasuv 1,2,3,4,6 mavzesi, BO’Z-2, Feruza mavzesi, ayrim uylar va muassasalar

▪️21–25 aprel — Yugnakiy mavzesi, 31–38, 44, 45 turar-joy binolari va ayrim muassasalar

▪️28 aprel – 2 may — Yugnakiy mavzesi, 6, 19–26, 26a, 26b turar-joy binolari va ayrim muassasalar


📍Sergeli tumani

▪️7–11 aprel – Quruvchilar mavzesi


📍Uchtepa tumani

▪️2–4 aprel – Zaqovat ko‘chasi (ayrim uylar va muassasalar)

▪️7–11 aprel – Uchtut ko‘chasi, №7  turar-joy binosi

▪️14–18 aprel – Shifokorlar ko‘chasi, №1 turar-joy binolari


📍Chilonzor tumani

▪️21–25 aprel – Chilonzor ko‘chasi, №81, 83, 85 turar-joy binolari


📍Shayxontohur tumani

▪️2–4 aprel – Uchlola ko‘chasi, №1 turar-joy binosi

▪️8–10 aprel – Uchlola ko‘chasi, №5 turar-joy binosi

▪️15–17 aprel – Termiz ko‘chasi, №1  turar-joy binosi

▪️22–24 aprel – Termiz ko‘chasi, №2 turar-joy binolari


📍Yangi hayot tumani

▪️21–25 aprel – Sangzor, Sohil, Sholikor, Ziroat ko‘chalari (ayrim uylar va muassasalar)


📍Yashnobod tumani

▪️7–11 aprel – M.Ashrafiy ko‘chasi №34/1–34/3, 40 turar-joy binolari

▪️14–18 aprel – M.Ashrafiy ko‘chasi, №22/1–22/4 turar-joy binolari

▪️21–25 aprel – Elbek ko‘chasi, №24–28, 3–6 turar-joy binolari

▪️28 aprel – 2 may – Ayrieva ko‘chasi, №7 turar-joy binosi




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing