15:32 / 27.11.2024
254 474

«Yo‘ldosh» mavzesi hududida dendropark tashkil etish rejalashtirilmoqda — Toshkent shahar hokimligi

Kompaniya ishlab chiqqan ta’mirlash dasturi quyidagi bosqichlardan iborat:

1. «Yo‘ldosh» mavzesi hududi ko‘p yillardan buyon ekologik tizimga salmoqli hissa qo‘shayotgan chinor (platan), lipa, eman va boshqa turdagi daraxtlardan iborat yashil o‘simliklar bilan qalin qoplangani sababli renovatsiyani boshqa joyda amalga oshirishga qaror qilindi.

Ushbu yechim kislorod ishlab chiqarish va ekologik muvozanatni saqlashga yordam beradigan noyob tabiiy sharoitlarni saqlab qolish imkonini beradi. Massiv aholisini ko‘chirish uchun shu tumandagi yaqin hududlar ajratildi, bu ularga odatiy infratuzilma va mahalla bilan aloqani saqlab qolish imkonini beradi.

2.Ушбу masalani hal qilish uchun bir nechta joy o‘rganilib, «Gulshonobod» mahallasi hududining barcha mezonlarga javob beradigan va «Yo‘ldosh» mavzesi dan 1,5 km masofadan ortiq bo‘lmagan masofada joylashgan yer uchastkasi tanlandi.

3. Toshkent Invest quruvchi kompaniya bilan birgalikda zamonaviy shaharda zamonaviy tuman loyihasi va konsepsiyasini ishlab chiqmoqda, unda zamon talablariga javob beradigan ijtimoiy, transport va kommunal infratuzilma nazarda tutiladi. Ta’kidlanishicha, xonadonlarning dastlabki va oxirgi pardozlashiga alohida e’tibor qaratiladi.

4. Loyiha qurilish kompaniyasi bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi asosida amalga oshiriladi, unda kvartiralarni davlat uy-joy fondiga berish shartlari aks ettirilgan.

5. «Yo‘ldosh» mavzesi aholisini ko‘chirish amalga oshirilganda aholiga zamonaviy talablarga javob beradigan teng qiymatli kvartiralar (masalan, eski uydagi 1 xonali uy o‘rniga yangi uydagi 1 xonali uy) beriladi. Bunda 2018 yil 12-apreldagi [O‘RQ-474-son] qonuni va 2019 yil 7 noyabrdagi [O‘RQ-581-son] qonuni va jamoatchilik muhokamasi natijasi inobatga olingan.

Muhtoj aholiga yangi uyga ko‘chib o‘tishda yordam ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, aholi o‘z uy-joyini kengaytirish, qo‘shimcha haq evaziga qo‘shimcha xonalar sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.

6. Faol blogerlar va qiziquvchi fuqarolarni tashvishga solayotgan savollarga javob berib, «Yo‘ldosh» mavzesi hududida mavjud daraxtlarni saqlab qolish va davolash hamda yangi daraxt va butalarni o‘tqazish orqali zamonaviy dendropark tashkil etish rejalashtirilgan.

2025 yilning birinchi choragida aholini ko‘chirish masalasi bo‘yicha ochiq jamoatchilik muhokamasi rejalashtirilgan.

Kompaniya loyihaning iqtisodiy samaralari va kutilayotgan natijalarini qayd etdi:

Sputnik mahallasi aholisining uy-joy sharoitlarini yaxshilash;
Shahar ekologiyasiga so‘zsiz hissa qo‘shadigan yangi obyekt — dendroparkni yaratish;
«Gulshonobod» mahallasining rivojlanishi Yangihayot tumanining rivojlanishiga turtki bo‘ladi (bu yuzlab yangi ish o‘rinlari, yangi hududlarni kompleks o‘zlashtirish va boshqalar).
Ushbu loyihada mavjud huquqiy va me’yoriy mexanizmlardan foydalangan holda (jamoatchilik muhokamasi, mulkdorlar yig‘ilishi, bosh rejalarni amalga oshirish, kvartiralarni pardozlashga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va boshqalar) biz renovatsiya to‘g‘risidagi qonunning poydevorini va mexanizmini yaratmoqdamiz, deyiladi xabarda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing