23:00 / 31.05.2025
27 955

“Ma’rifat karvoni” Andijonda

  

Respublika bo‘ylab start olgan “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusidagi “Ma’rifat karvoni”ning ilmiy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari Andijonda ham bo'lib o'tdi. 

Xususan, loyihaning ilk kunida Andijon viloyati Qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar insitutida “Tirik tarix” loyihasi doirasida milliy filmlar namoyish etildi. Jalaquduq tumani 1-son kasb-hunar maktabida esa “Farovon hayotga ilk qadam” loyihasi tashkil etilib, aholiga o‘z kuchi bilan kambag‘allikdan chiqish borasida tushunchalar berildi. Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida Z.M.Bobur nomidagi viloyat kutubxona majlislar zalida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi va kino ijodkorlar ishtirokida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

— Respublikamiz bo‘ylab tashkil etilgan ushbu ilmiy-ma’rifiy tadbirda ishtirokchilarga mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida keng tushunchalar berib o‘tildi. O‘tkazilayotgan ilmiy-ma’rifiy seminarlardan juda katta foyda olyabmiz, — deydi Gulbahor Qosimova, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limi rahbari.

Tadbir mobaynida poytaxtdan kelgan bir guruh ziyolilar Asaka tumanidagi 11-sonli musiqa maktabida, Andijon Mashinasozlik institutida, Andijon viloyati Inson ijtimoiy himoya milliy agentligiga qarashli Reablitatsiya markazi va Andijon davlat tibbiyot institutida Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, Oliy ta’lim muassasalari rektorlari, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Andijon shahar hokimiyati vakillari bilan birgalikda hudud faollari va yoshlari bilan uchrashuvlar va ochiq suhbatlar o‘tkazdilar.


Yurtimizda amalga oshirilayotgan ilm-fan, ma’naviyat va madaniyat sohalaridagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, tarixiy xotirani mustahkamlash, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida maromlilik, ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirish, milliy filmlar orqali o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarga hurmat va faxr tuyg‘usini kuchaytirishdan iborat. Bu kabi tadbirlar ilm-fan, ma’naviyat va madaniyat sohalarida amalga oshirilayogan islohotlar bilan aholini boxabar qilish, yoshlarning ma’naviy bilimlarini boyitish, shuningdek, aholi orasida ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini yanada kuchaytirishga qaratilgan.

 

 


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing