08:51 / 01.07.2025
54 355
Ozarbayjon Madaniyat vazirligi: Rossiya bilan hamkorlikdagi barcha tadbirlar bekor qilindi
Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg viloyatida etnik ozarbayjonlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining kuchayishi fonida, Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi Rossiya bilan madaniy hamkorlik doirasidagi barcha tadbirlarni to‘xtatdi.
Ozarbayjonlik manbalar ma’lumotiga ko‘ra, rus huquq-tartibot organlari tomonidan etnik ozarbayjonlarga qarshi maqsadli va namoyishkorona tarzda bosim, zo‘ravonlik va qotillik holatlari kuzatilgan.
- Bu kabi hodisalar tizimli xarakterga ega bo‘lib bormoqda, deya qayd etmoqda Ozarbayjon Madaniyat vazirligi.
- Rossiya davlat va xususiy tashkilotlari bilan Ozarbayjon hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha konsertlar, festivallar, tomoshalar, yig‘ilish va boshqa madaniy tadbirlar bekor qilindi.
Fuqarolarga kompensatsiya:
- Bekor qilingan tadbirlar uchun chipta xarid qilgan fuqarolarning pullari qaytariladi.
- Buning uchun fuqarolar chipta sotib olingan kassalar yoki onlayn platformalarga murojaat qilishlari lozim.
Ushbu qaror Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi madaniy aloqalarda keskinlik paydo bo‘lganidan dalolat beradi. Hodisa xalqaro darajada ham etnik munosabatlar va inson huquqlari nuqtai nazaridan katta e’tiborga sabab bo‘lmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

1-martdan pensiyalar proaktiv shaklda tayinlanadi

Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida nutq soʻzladi

O‘zbekistonda yangi oydan nimalar o‘zgaradi?

Respublika hududida 26-yanvar kuni ham qor yog'ishi kutilmoqda UzNur.uz

Davlat xaridlari endilikda ikki bosqichda o‘tkaziladi