11:31 / 16.11.2024
190 468

Toshkent shahar hokimligi aholiga qulaylik yaratish maqsadida tadbirkorlarni hamkorlikka chaqirmoqda.

 

Toshkent shahar hokimligi   aholiga qulaylik yaratish maqsadida tadbirkorlarni hamkorlikka chaqirmoqda.

 Hamkorlik doirasida tadbirkorlar tomonidan quyidagi talablarga javob beradigan bekat majmualarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan:

a) ijaraga olingan hududda yagona konstruksiya va dizaynga qat’iy mos keladigan bekatlarni o‘rnatish;
b) har bir bekatni yoritish moslamalari, telefonlarni quvvatlash portlari va chiqindi qutilari bilan jihozlash;
v) har bir bekatga videokuzatuv kameralari va favqulodda chaqiruv tugmalarini o‘rnatish;
g) jamoat transportining kelish vaqti haqida ma’lumot beruvchi tablo o‘rnatish;
d) bekatlarda LED-ekranlarni o‘rnatish taqiqlanadi;
e) tijorat faoliyati uchun binolar va/yoki qo‘shimcha inshootlarni qurish man etiladi;
j) to‘xtash platformasi to‘siqsiz muhit standartlariga va zamonaviy arxitektura yechimlariga mos kelishi, granit plitalardan tekis yuza hosil qilishi, bordyurlardan foydalanilgan holda bajarilishi lozim.


Bunday bekat majmualarini o‘rnatish va xizmat ko‘rsatish uchun tadbirkorlarni uzoq muddatli ijara huquqi asosida E-auksion platformasi orqali ochiq savdolarda ishtirok etishga taklif etamiz. Hozirda birinchi bosqich auksioni o’tkazilmoqda.


Bekatlarning yon devorlarida roll-ap turidagi reklama materiallarini, orqa devorlarida reklama pannolarini joylashtirish xizmatini tashkil qiling va daromadingizni oshiring.

Batafsil ma’lumot uchun havola: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=12118866


bekat, tadbirkorlar, yangilash, ivestitsiya, fikr, hamkorlik
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing