O’zbekiston fuqarolarining Qozog’iston va Tojikistonga ID karta orqali borib kelish tartibi joriy qilinishi rejalashtirilmoqda
O’zbekiston fuqarolarining Qozog’iston va Tojikistonga ID karta orqali borib kelish tartibi joriy qilinishi rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston va Tojikiston chegaralarini faqatgina ID karta orqali kesib o‘tishi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. Avvalroq shunday tartib Qirg‘iziston bilan joriy etilgandi.
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida yaqin kelajakda O’zbekiston fuqarolarining Qozog’iston va Tojikistonga ID kartalar orqali borib kelish tizimini joriy etish haqida aytib o’tildi.
Bu tartib 2023-yilning 1-sentyabrida Qirg’iziston davlati chegaralarini kesib o’tish masalalarida joriy etilgan edi.
O'zbekiston, Qozog‘iston, ID, ID karta




