12:37 / 29.01.2025
65 924

Gvardiol Xusanovning debyutini yuqori baholadi  UzNur.uz

 

Xorvatiyaning “Manchester Siti” klubi himoyachisi Joshko Gvardiol 20 yoshli o‘zbekistonlik Abduqodir Xusanovning transferi va ilk o‘yini haqida fikr bildirdi.


 

Gvardiol "Bryugge"ga qarshi Chempionlar ligasi o'yini oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi va himoyachidan Husanov haqida so’ralganida:


 

“U yaxshi yigitga o'xshaydi. U oxirgi o'yinda yaxshi o'ynadi. Premer-ligada "Chelsi"ga qarshi debyut qilish oson emas. U hali yosh, biz unga hamma narsada yordam berishga tayyormiz. Abduqodir bemalol menga yoki tajribali o'yinchilarga tayanishi mumkin, biz uni qo'llab-quvvatlaymiz va yordam beramiz”, - deb javob berdi xorvatiyalik futbolchi.


 

Oldinroq himoyachi Manuel Akanji Xusanovning debyuti haqida fikr bildirdi. U ham o‘zbekistonlik futbolchini “Chelsi”ga qarshi o‘yinda yaxshi o‘ynaganini aytib, qo‘llab-quvvatladi.


 

 


Abduqodir Husanov, Gvardivol, Manchester siti
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing