14:55 / 12.02.2025
42 362

UFCdagi oʻzbekistonlik jangchilar soni bir nafarga koʻpaydi


Yengil vazn toifasidagi oʻzbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Mashrabjon Roʻziboyev Ultimate Fighting Championship (UFC) jangchisiga aylandi.

Mashrabjon Roʻziboyev oʻzbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Roʻziboyevning ukasi hisoblanib, turnirning yengil vazn toifasida jang qiladi.

Taʼkidlash joizki, Mashrabjon Roʻziboyev UFCning navbatdagi turniri boshlanishiga 4 kun vaqt qolganida jang qabul qildi.

Uning 16-fevral kuni “UFC Vegas 102” musobaqasi doirasida boʻlib oʻtadigan debyut jangida amerikalik Jared Gordon raqiblik qiladi.

Amerikalik jangchining ushbu turnirdagi raqibi Kauye Fernandes boʻlishi kerak edi. Ammo Fernandes jaroxat olganligi tufayli musobaqani tark etgan. Uning oʻrniga hamyurtimiz Mashrabjon Roʻziboyevga jang qilish taklifi berilgan.

Maʼlumot uchun, 28 yoshli MMA ustasi Mashrabjon Roʻziboyev professional faoliyati davomida 24 ta jang oʻtkazib, 20 gʻalaba va 4 magʻlubiyat qayd etgan.

Eslatib oʻtamiz, Mashrabjon qoʻshilgunga qadar UFCdagi oʻzbekistonliklar soni 3 nafar edi. Bular Nursulton Roʻziboyev, Bogdan Guskov hamda Ramazon Temirov.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing