“O‘zbekiston” sport majmuasida Kuch tuzilmalar o‘rtasida qo‘l jangi chempionati bo‘lib o‘tdi
“O‘zbekiston” sport majmuasida Kuch tuzilmalar o‘rtasida qo‘l jangi chempionati bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 21-dekabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan “O‘zbekiston” sport majmuasida O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi mezbonligida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha “Qurolli Kuchlar birinchiligi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Chempionatning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Mahmudov, Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda idoralar rahbarlari qatorida Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev, mutasaddilar, fahriylar, shuningdek, xizmat vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan harbiy xizmatchi va xodimlarning yaqinlari ishtirok etdi.
Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra shaxsiy hisobda, qizlar terma jamoasi bo‘yicha 48 kg vazn toifasida Navoiy viloyati FVB xizmatchisi M.Fayzullayeva 1-o‘rinni, 70 kg og‘ir vazn toifasida Jizzax viloyati FVB dispetcheri oddiy askar M.Meliyeva 2-o‘rinni, 53 kg vazn toifasida Sirdaryo viloyati FVB xizmatchisi S.Radjabova, 57 kg vazn toifasida Namangan viloyati FVB kichik inspektori oddiy askar D.Rustamova hamda 70 kg vazn toifasida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazi kichik inspektori oddiy askar Sh.Bozorovalar 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, erkaklar terma jamoasi bo‘yicha 62 kg vazn toifasida Sirdaryo viloyati FVB xizmatchisi B.G‘ulomov hamda 80 kg vazn toifasida Namangan viloyati FVB xizmatchisi A.Jo‘rayevlar 3-o‘rinni egalladilar.
Rahbarlar tomonidan g‘olib va sovrindorlarga medal, diplom va esdalik sovg‘alar, shuningdek kuboklar tantanali ravishda topshirildi.
toifasida, viloyati, xizmatchisi, jangi, O‘zbekiston, bo‘yicha, hamda, oddiy, askar, “O‘zbekiston”, sport, majmuasida, bo‘lib, o‘tdi, huquqni, muhofaza, tomonidan, Respublikasi, Kuchlar




