11:52 / 02.01.2025
111 863

O'zbekistonlik shaxmatchi “Muscat International Chess Championship 2024” g‘olibi bo'ldi

 

O'zbekistonlik shaxmatchi “Muscat International Chess Championship 2024” g‘olibi bo'ldi.

O‘mon poytaxti Maskat shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan “Muscat International Chess Championship 2024” turnirida  shaxmatchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.
Bahslar davomida grossmeysterlik unvonini qo‘lga kiritgan Ortiq Nigmatov 9 imkoniyatdan 8 ochko to‘plab turnir g‘olibi bo'ldi.
Musobaqada 5-raqam ostida tasniflangan Nigmatov bahslar davomida 7 g‘alaba va 2 durang qayd etdi. U 8-turda musobaqaning birinchi tartib raqamli shaxmatchisi hamyurtimiz Abdumalik Abdusalimov bilan murosa yo‘lini tanladi.
Turnirda 2-o‘rinni 7,5 ochko bilan eronlik Maxdi Golami Orimi egalladi. 3-o‘rinni 6 ta g‘alaba, 3 ta durang qayd etgan hamyurtimiz Abdumalik Abdusalimov (7,5 ochko) band etdi. 4- va 5-o‘rinlardan joy olgan misrlik shaxmatchilar Hamed Vafa va Adham Favzi ham 7,5 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi.
O‘zbekistonlik yana bir shaxmatchi Aleksey Barsov 7 ochko to‘plagan holda 206 nafar ishtirokchi orasida 10-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Aytish lozim, turnirda qatnashgan 206 nafar shaxmatchining 5 nafari biror turda mag‘lubiyatga uchramagan bo‘lsa, ularning 3 nafari aynan o‘zbekistonlik shaxmatchilar.


ochko, shaxmatchi, “Muscat, International, Chess, Championship, 2024”, g‘olibi, bo'ldi, davomida, qo‘lga, Nigmatov, g‘alaba, durang, hamyurtimiz, Abdumalik, Abdusalimov, bilan, shaxmatchilar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing