10:38 / 10.12.2024
150 529

Kelgusi mavsumda Superligada 16 ta jamoa o‘ynaydi

 

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasiga o‘tish o‘yinlarining so‘nggi bahsida "Olimpik" va "Metallurg" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.

Poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tgan mazkur uchrashuvda “Metallurg” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda Bekobod shahri jamoasiga Superliga yo‘llanmasini taqdim etgan gollarga Zabihillo O‘rinboyev, Shahzodjon Ne’matjonov mualliflik qilgan bo‘lsa, “Olimpik”ning yagona goli Rian Islomov tomonidan kiritildi.  

Shu tariqa, "Metallurg" kelgusi mavsum ham milliy chempionatimizda ishtirok etish masalasini hal qilgan bo‘lsa, Denis Korostichenko shogirdlari Pro-ligaga yo‘l oldi.  


Endi kelgusi mavsumda Superligada 16 ta jamoa – “Andijon”, “Buxoro”, “Bunyodkor”, “Dinamo”, “Mash’al”, “Metallurg”, “Nasaf”, “Navbahor”, “Neftchi”, “OKMK”, “Paxtakor”, “Qizilqum”, “Qo‘qon-1912”, “Surxon”, “So‘g‘diyona” va "Sho‘rtan" klublari mamlakat chempionligi uchun kurash olib boradi.  

 

Ma’lumot o‘rnida: Joriy yilgi mavsumda Qarshi shahrining “Nasaf” jamoasi 52 ochko jamg‘argan holda Superliga chempioniga aylandi. “Paxtakor” klubi a’zosi Dragan Cheran esa 13 ta gol urgan holda to‘purarlar ro‘yxatida birinchi bo‘ldi.  


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing