17:50 / 04.12.2024
160 006

2027-yilgi qilichbozlik bo’yicha Jahon chempionati O’zbekistonda o’tkaziladigan bo’ldi UzNur.uz

2027-yilgi qilichbozlik bo’yicha Jahon chempionati O’zbekistonda o’tkaziladigan bo’ldi 


 

2027-yilgi qilichbozlik boʻyicha jahon chempionati Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Bu haqda 30-noyabr kuni boʻlib oʻtgan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) kongressida maʼlum boʻldi.


 


Qilichbozlik boʻyicha kattalar oʻrtasidagi musobaqa 20-28-iyul kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilib, u 2028-yil 14−30-iyul kunlari Los-Anjelesda oʻtkaziladigan Olimpiya oʻyinlariga saralashda muhim rol oʻynaydi.


 


Tadbirda shuningdek, tadbirkor Alisher Usmonov FIE prezidenti etib saylandi. Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi Bosh kotibi Gulnora Saidova esa Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi Ijroiya qoʻmitasi aʼzolari qatoridan joy oldi.


 


qilichbozlik, 2027yilgi, Xalqaro, Jahon, Toshkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing