17:03 / 19.11.2024
184 326
Tanzila Narboyeva qayta Senat raisi etib saylandi
Tanzila Narboyeva qayta Senat raisi etib saylandi.
Tanzila Narboyeva Oliy Majlis Senati raisi lavozimiga qayta saylandi, deb xabar qildi parlament yuqori palatasi matbuot xizmati.
Senatning parlament saylovidan keyingi birinchi majlisida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Bungacha Prezident Shavkat Mirziyoyev parlament yuqori palatasi raisligiga Tanzila Narbayevaning nomzodini ilgari surgan edi.
Tanzila Narboeva Oliy Majlis Senati raisi sifatida uchinchi muddatga saylandi.
2019 yil iyun oyida prezident taklifiga binoan u Senat raisi etib saylandi. 2020-yil yanvar oyida Tanzila Narboyeva yana parlament yuqori palatasi raisligiga qayta saylandi.
O‘z navbatida Sodiq Safoyev va Amanbay O‘rinboyev rais o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
saylanish, 2024, 2024 yil, senat
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar