10:45 / 07.02.2025
51 106

Andijondagi 18 ta avtozapravka sifatsiz benzin sotgani aniqlandi

Natijada, AYQShlarga qariyb 128 mln so‘m asossiz olingan mablag‘larni iste’molchilarga qaytarib berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Andijon viloyatidagi 18 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi sifatsiz mahsulot sotgani aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasining matbuot xizmati xabar berdi.

Qo‘mitaning Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2024-yil davomida AYQShlar tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilayotgan benzin mahsulotlari sifati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilgan.

Uning natijasida 18 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarlar tomonidan sifatsiz mahsulot sotilganligi natijasida 128 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olingani ma’lum bo‘ldi.

Xususan, mazur holat quyidagi “avtozapravka"larda aniqlangan:

  • “Faykon”;
  • "Markaziy Gaz Oil";
  • “Azizbek Barchinoy”;
  • “Sanjar”;
  • "Qalqon Invest Star";
  • “Baraka 2000”;
  • “Ziyo Agro Kimyo Mineral”;
  • “Abdusattor Sifat Oil”;
  • “Madina Baraka hamkor”;
  • “Andijon Neft bazasi”;
  • “Fayz baraka hamkori”;
  • “Eco Petrol Max”;
  • “Mustaqillik 2001”;
  • “Elit Tranzit Oil”;
  • “Boburshox Plyus Oil”;
  • “Brava Oil Ko”;
  • “Moxinur Oil”;
  • “Maks Petrol agro”.

Hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi AYQShlarga nisbatan “Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun talablari buzilishi alomatlari yuzasidan ishlar qo‘zg‘atildi. Asossiz olingan daromadni iste’molchilarga qaytarish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing