O‘zbekistonda futzal federatsiyasi tashkil etildi
O‘zbekistonda futzal federatsiyasi tashkil etildi.
O‘zbekiston futzal assotsiatsiyasi 2004-yilda ochilgan va 2017-yilda FA hamda Ayollar va sohil futboli assotsiatsiyasi tugatilgandi.
Endi yurtimizda yangi futzal federatsiyasi qaytadan tashkil etildi.
BMB Holding kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov uning prezidenti bo‘ldi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston professional futbol ligasi muassisligida O‘zbekiston futzal federatsiyasi tashkil etildi, deya xabar bermoqda federatsiya matbuot xizmati.
26-dekabr kuni federatsiyaning taqdimot marosimi o‘ktazildi. Unda O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov so‘zga chiqib, futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionatida O‘zbekiston muvaffaqiyatsiz ishtirok etgani va bu futzalni rivojlantirish zarurligini ko‘rsatib berganini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, mazkur masala assotsiatsiyada ko‘p marotaba o‘rganib chiqilgan.
Tadbirda 2025-yildan e’tiboran faoliyatini boshlaydigan O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti etib tadbirkor, BMB Holding kuzatuv kengashi raisi Bekzod Akmalovich Mamatqulov nomzodi ma’qullandi.
Shuningdek, O‘zsanoatqurilishbank boshqaruv raisi Aziz Akbarjonov Azizjon o‘g‘li federatsiya vitse-prezidenti, BMB Holding xodimi Ma’rufjon Abdullayev esa bosh kotib etib tayinlandi.
futzal, O‘zbekiston, federatsiyasi, tashkil, etildi, assotsiatsiyasi, Holding, raisi, prezidenti, hamda, kuzatuv, kengashi, Bekzod, Mamatqulov, futbol, federatsiya, O‘zbekistonda, 2004yilda, ochilgan




